Sayyohlar Samarqandda elektromobillarni ijaraga olishlari mumkin bo‘ladi
10 iyundan sayyohlar Samarqandda elektromobillarni ijaraga olishlari mumkin. Bu haqda viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Rustam Qobilov ma’lum qildi.
Turistlar xizmatdan to’g’ridan-to’g’ri aeroportda foydalanishlari mumkin. Gap Volkswagen va Mercedes-Benz elektromobillari haqida bormoqda. Qobilovning soʻzlariga koʻra, elektromobillar Wi-Fi va xorijiy tillardan tarjimon bilan jihozlangan.
Qayd etilishicha, bu xizmat tajriba tariqasida ishga tushiriladi. Elektr transport vositalarini ijaraga olish narxi ham noma’lum.